Shart-bo‘yicha-takrorlash-operatorlari.

Posted on Yanvar 12th, 2021 in Bo'limsiz,informatika,matematika by bobonur3102

Mavzu: Shart bo‘yicha takrorlash operatorlari.

Maqsad:

1) ta’limi: O`quvchilarga shart bo`yicha takrorlash operatorlari haqida tushuncha berish;

2) tarbiyaviy: O`quvchilarga iqtisodiy tejamkorlik va estetik tarbiya berish;

3) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning dasturlash ko`nikmalarini rivojlantirish;

DTS: Shart bo`yicha takrorlash operatorlari — “While” va “Repeat” haqida tushunchaga ega bo`lish.

Darsni borishi:

I. Tashkiliy davr

         1) salomlashish;

         2) davomatni aniqlash.

II. Takrorlash

  1. Takrorlanuvchi algoritmlarga misollar keltiring.
  2. Parametrli takrorlash operatorining ko’rinishi qanday?
  3. Parametrli takrorlash operatori qachon qo’llaniladi?
  4.  Takrorlash parametri qanday qiymatlarni qabul qiladi?
  5. Takrorlash parametrining qiymatlari chegaralanganmi?
  6. Takrorlash operatorining  ishlashini tushuntiring.
  7. Qay holatda To yoki Downto xizmatchi so’zlari ishlatiladi?

III. Yangi mavzuni o`rgansih.

Avvalgi ko‘rgan misollarimizda takrorlanishlar soni aniq edi. Ammo shunday masalalar ham uchraydiki, ularda biror amallar ketma-ketligini ma’lum bir shart bajarilganda takrorlash kerak bo‘ladi. Bunda takrorlanishlar sonini avvaldan aytib bo‘lmaydi. Bunday hollarda shart bo‘yicha takrorlash operatorlaridan foydalaniladi. Paskalda bunday operatorlar ikkita: While va Repeat.

While operatori quyidagi umumiy ko‘rinishga ega:

While <shart> Do <takrorlanish tanasi>;

bu yerda While (ing. toki) va Do Paskalning xizmatchi so‘zlari; <shart> – oddiy yoki murakkab mantiqiy ifoda; <takrorlanish tanasi> – takrorlanishi lozim bo`lgan operator yoki operatorlar ketma-ketligi. Agar takrorlanish tanasida operatorlar ketma-ketligi yozilsa, ular begin bilan boshlanib, end; bilan yakunlanadi.

Mazkur takrorlash operatori quyidagicha ishlaydi:

Avval shart tekshiriladi. Agar uning qiymati rost bo‘lsa, takrorlash tanasini tashkil etuvchi operatorlar ishlaydi, va yana shart teksiriladi. Bu jarayon shart yolg‘on qiymat qabul qilgunga qadar davom etadi.

1–misol. Ikkita sonning eng katta umumiy bo‘luvchisini (EKUB) topuvchi dastur tuzing.

Yechish. EKUB topishning eng qulay usuli – Evklid algoritmi. Bu algoritm sizga avvalgi bobdan tanish. Dasturi quyidagicha:

Program EKUB;

Var a, b : Integer;

Begin

   Write(‘Birinchi sonni kiriting: ‘); ReadLn(a);

   Write(‘Ikkinchi sonni kiriting: ‘); ReadLn(b);

   While a<>b Do  If a>b Then a:=a–b Else b:=b–a; {a=b bo‘lganda takrorlash tugaydi}

   WriteLn(‘EKUB= ‘, a);

End.

Repeat operatori ham shart bo‘yicha takrorlashni amalga oshiradi. Uning umumiy ko‘rinishi quyidagicha:

Repeat

   <takrorlanish tanasi>

Until <shart>

bu yerda Repeat (ing. takrorlash) va Until (ing. gacha) Paskalning xizmatchi so‘zlari bo‘lib, Repeat – takrorlash boshi, Until – takrorlash oxirini bildiradi; <shart> – oddiy yoki murakkab mantiqiy ifoda. Takrorlanish tanasi shart rost qiymat qabul qilgungacha bajarilaveradi.

2–misol. S = 1,1+1,5+1,9+2,3+…+45,5 yig’indini hisoblash dasturini tuzing.

Yechish. Misolni tahlil qilib qo’shiluvchilar 0,4 ga farq qilishini aniqlaymiz. Parametrli takrorlash operatorida parametr qiymati haqiqiy bo’la olmaydi. Bu holda shart bo’yicha takrorlash operatorlaridan foydalanish qulay. Quyidagi ikkala yechimni taqqoslab ko’ring.

While yordamida Repeat yordamida
Program Summ_real; Var J, S: real; Begin   S:=0; J:=1.1;    While J<= 45.5 do begin     S:=S+J; J:=J+0.4;  end;       WriteLn(‘S= ‘, S); End. Program Summ_real; Var J, S: real; Begin   S:=0; J:=1.1;    Repeat  S:=S+J; J:=J+0.4;   Until J>= 45.5;       WriteLn(‘S= ‘, S); End.

3–misol. Tasodifiy sonlar generatori (Random) dan foydalanib, ekranga har xil rangda “A” harfini chiqaruvchi dastur tuzing. Qizil rangli “A” chiqishi bilan dastur ishi yakunlasin.

Yechish. Paskalda ranglar 0 dan 15 gacha butun sonlar bilan kodlanishi ma’lum. Tasodifiy sonlar generatori bo‘lgan Rando­m(x) funksiyasi [0, x) oraliqdan tasodifiy sonlarni olib beradi. Shuning uchun [0, 15] oraliqdagi butun sonlarni tasodifan olish uchun Random(16) funksiyasini qo’llaymiz.

Shuni ta’kidlash lozimki, Random(x) funksiyasi har safar dastur ishga tushirilganda bir xil sonlar ketma-ketligini hosil qiladi. Turli sonlarni hosil qilish uchun Randomize operatoridan foydalaniladi. Bu operator dasturda Random funksiyasidan avval yozilishi kerak. Qizil rang kodi 4 ga tengligini hisobga olib, quyidagi dasturni tuzamiz:

Program Rangli_harflar;

Uses Crt;

Var rang : Integer;

Begin

  Randomize;

   Repeat

      rang:= Random(15); TextColor(rang); Write(‘A‘);

   Until rang=4;      {rang=4 (qizil) bo‘lsa takrorlash operatoridan chiqiladi}

End.

Repeat operatorining While operatoridan birinchi farqi shundaki, While operatorida shart takrorlash boshida tekshirilsa, Repeat operatorida shart takrorlash oxirida tekshiriladi. Shu sababli While operatorida takrorlash tanasini tashkil etuvchi operatorlar bir marta ham bajarilmasligi mumkin (shart avvaldan bajarilmasa), Repeat operatorida esa hech bo‘lmaganda bir marta bajariladi. Ikkinchi farqi While operatorida takrorlanish shart bajarilmaganda (“yolg‘on” qiymat qabul qilganda) yakunlansa, Repeat operatorida takrorlanish shart bajarilganda (“rost” qiymat qabul qilganda) yakunlanadi.

Yuqoridagi 1-misolda avval shart tekshirilishi zarur. Shu sababli unda While operatoridan foydalanildi. 3-misolda esa avval rang qiymati aniqlanib, keyin shart tekshirilishi kerak. Shu bois unda Repeat operatori qo‘llanildi. Umuman olganda, 1-misolda Repeat operatoridan, 3-misolda esa While operatoridan foydalansa ham bo‘ladi. Faqat bu holda dasturga ba’zi qo‘shimcha operatorlar kiritish lozim bo‘ladi. Ammo dastur “chiroyli” va “tushunarli” ko‘rinishga ega bo‘lishi uchun While va Repeat operatorlarini o‘z o‘rnida ishlatish maqsadga muvofiq.

IV. Mustahkamlsh

  1. Shart bo‘yicha takrorlash operatorlardan qaysilarini bilasiz?
  2. While operatorining ishlashini izohlang.
  3. Repeat operatorining ishlashini izohlang.
  4. Shart bo‘yicha takrorlash operatorlarining parametrli takrorlash operatoridan farqi nimada?
  5. Takrorlash operatorlarini qo‘llash qulay bo‘lgan hollarga mos qilib tushuntirig.

Mashqlar

1. Quyidagi operatorlardagi xatoliklarni aniqlang va izohlang.

a) while 5*6 do SH:=sqr(2);                      b) WHILE 5>6 do Od:=Od+1;

Javob: shart xato yozilgan.                         Javob:         xato yo`q.

d) Repeat  i<j Until s:=0;                            e) rEpEaT  s:=0 UntiL s:=0;

Javob: shart xato yozilgan.                         Javob: shart xato yozilgan.

2. Quyidagi operatorlardagi takrorlanishlar sonini aniqlang.

a) x:= – 5; while X>0 do x:=x+2;              b) x:= –5; while X<10 do begin x:=x+2; x:=2*x; end;

javob: 0                                            Javob: cheksiz ko`p

d) i:=0; while i*i <=1.2 do i:=i+0.1;          e) k:=5; while k /5 <= 2.5 do k:=k+1.5;

Javob: 11                                         Javob: 6 marta

4.  funksiyaning qiymatlarini [-p,p] oraliqda 0.3 qadam bilan hisoblash dasturini tuzing.

Program

x,y: real;

begin

x:=pi;

repeat y:=x*sin(x); x:=x+0.3 until x>pi

readln;

end.

5*. N natural son va A1, A2, …, AN butun sonlar ketma-ketligi berilgan. Ularni ketma-ket qo‘shib borib, yig‘indi berilgan N butun sondan ortishi bilan ekranga chiqaruvchi dastur tuzing. Agar barcha sonlar yig‘indisi N dan oshmasa, bu haqida xabar chiqarilsin.

Program

Var s,n,i: integer;

A: array[1..100];

Begin

Write(‘N natural sonni kiriting N=’); readln(n);

For i:=1 to n do

begin Write(i,’-sonni kiriting=); readln(a[i]);end;

while (s<=n) and (i<=n) do begin s:=s+a[i]; i:=i+1; end;

Maqola

Posted on Oktabr 29th, 2020 in Bo'limsiz by bobonur3102

Qadring baland bo’lsin ona tilim

Posted on Oktabr 29th, 2020 in Bo'limsiz by bobonur3102

Qadring baland bo’lsin ona tilim

Dunyoda muqaddas ota-yu ona

Va shunday muqaddas Vatan durdona

Shu Vatan madhini ta’riflovchi til

Bu ona tilimdir tilim yagona

Tili chiqqan go’dak ilk bor, kun sayin

Ona so’zim tilga olmog’I tayin

Ona so’zi asli ham vatanga xos

Tilimizga ham shunday onadek e’zoz

Men o’zbek, o’z tilim dinim, irqim bor

O’z tilimda so’zlayman, erkim bor

Gar davlat maqomli tilim bilmasam

Tilsiz mavjudotdan qanday farqim bor

Ona tilim asli g’ururim mening

Shon-shavkatim, orim, shuurim mening

E’tiqodim baland cheksiz bir dunyo

Sha’nimdan faxrimdur, nur durim mening

O’tmishi qora nom olgan tilim

Malomat yomg’irida qolgan tilim

Har qadamda dashnomlardan ezilib

Mustabitning zulmidan tolgan tilim

Qora kunda erk izlagan sarson tilim

O’z qadrini topolmagan arzon tilim

Islom bobom ardoqladi maqom berdi

Maqomingdan aylanayin osmon tilim

Qadring baland bo’lsin ey ona tilim

Qadding baland bo’lsin ey ona tilim

51-maktabning ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari ijodidan.

Yog’ochni pardozlash

Posted on Oktabr 28th, 2020 in Bo'limsiz by bobonur3102

Yog’ochdan buyum tayyorlashning oxirgi bosqichi pardozlashdan iborat . Pardozlash yog’och buyumining sirtini silliqlash , unga turli usulda bezaklar ishlash bilan chiroyli ko’rinish hosil qilish hamda laklash v abo’yash orqali yog’ochni tez buzulishdan saqlaydigan himoya qatlami hosil qilishdan iborat. Yog’och buyum sirtini silliqlash uchun randalash , egovlash,jilvirlash usullari qo’llanadi.

Randalashda yog’ochning tabiiy ranglari yaltiroqligi , yaqqol ko’rinadi. Bu ishlar maxsus randalash stanoklarda yoke qo’lda pardozlash randalar yordamida bajariladi.

Egovlash. Yog’ochsozlik egovlarning quydagi xillaridan foydalaniladi:parallel qovurg’alari to’mtoq ,uchi yassi egovlar, ovol qovurg’ali egovlar romb shakildagiegovlar, uch qirrali egovlar kvadrat egovlar, dumaloq egovlar.

Tishlarning kattaligi va ish qismining 10 mm uzunlikdagi soniga qarab egovlarning turlari har xil bo’ladi.Egovlash orqali yog’ochning sirtidagi turli kattalikdagi g’adir budurlar silliqlab tekislanadi. Egovlar sirti turli shakllarda hamma tishlarining shakli va kattaligi ham turlicha bo’ladi.Yirik g’adir-budurliklari tekislash uchun yirik tishli egovlar, maydalari uchun mayda egovlar ishlatiladi. Ayrim egri sirtlarni tekislashda tegishli egri shakldagi egovlar asosiy vosita hisoblanadi. Egov bilan pardozlashning oxirida eng mayda tishli egovlar ishlatiladi. Egovlardan to’g’ri va xafsiz foydalanish mashqlar davomoda o’zlashtirib boriladi.Egovni qo’l bilan to’g’ri ushlash va uni egovlayotgan yog’och ustuda bir tekis bosagan holda yurguzish kerak. Egov bilan ishlashdan oldin uning dastasi mustahkam o’rnatilganini tekshirib olish kerak.

Rasm

Posted on Oktabr 28th, 2020 in Bo'limsiz by bobonur3102